Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan dori mahsulotlarining noqonuniy olib kirilishiga o`z vaqtida chek qo`yilmoqda.
Jumladan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqarolar S.S. va G.B.larning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi.
Tekshiruv jarayonida har ikkala fuqaroda deklarasiyada ko`rsatilmagan va bojxonachilarning og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan, umumiy qiymati 131 million so`mdan ortiqni tashkil etuvchi 4 turdagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






