1

​Yurtimizga maishiy texnika vositalarini noqonuniy olib kirilishi oldi olindi

Jamiyat 24.05.2019, 21:44
​Yurtimizga maishiy texnika vositalarini noqonuniy olib kirilishi oldi olindi

Bojxona organlari tomonidan yurtimizga maishiy texnika vositalarini noqonuniy olib kirilishiga o`z vaqtida chek qo`yishmoqda.

Xususan, Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari bilan hamkorlikda Farg`ona tumanida tezkor tadbir o`tkazishdi.

Tadbirda tumanning Yambaraq qishlog`i hududida xarkatlanayotgan fuqaro M.J boshqaruvida bo`lgan yuk avtomashinasi to`xtatilib ko`zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo`lmagan, qiymati 20 mln so`mlik 20 dona to`liq hamda 40 dona to`liqsiz holdagio`t o`rish uskunalariborligi aniklandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1