1

“Yashil chiroq” musobaqasining Sirdaryo viloyati bosqichi bo`lib o`tdi

Jamiyat 25.05.2019, 12:28
 “Yashil chiroq” musobaqasining Sirdaryo viloyati bosqichi bo`lib o`tdi

Umumta`lim muassasalarida ta`lim olayotgan yoshlarga yo`l harakati qoidalarini o`rgatish, ularni yo`l harakatining madaniyatli ishtirokchisi sifatida tarbiyalash, huquqiy savodxonligini oshirish, “Yo`l harakati qoidalari” bo`yicha olayotgan bilimlarini mustahkamlash va qoidalarni o`rgatishni yanada takomillashtirish maqsadida “Yoshlar ittifoqi”, viloyat IIB yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda viloyat Halq ta`limi boshqarmasi, “Sog`lom avlod uchun” xayriya jamg`armasi bilan hamkorlikda joriy yilning 19 may kuni Guliston shahridagi 5-umumta`lim maktabida “Yashil chiroq” musobaqasining viloyat bosqichi o`tkazildi.

Ushbu musobaqada shahar-tuman bosqichlarida g`oliblikni qo`lga kiritgan 11 nafar jamoa ishtirok etdi.

Avval boshida jamoalarning safda yurish tayyorgarligi tekshirildi. Ushbu shartda jamoaning barcha a`zolari ishtirok etib, safda shahdam qadam bilan belgilangan qoida bo`yicha yurishlariga alohida e`tibor qaratildi. Piyodalar harakatiga oid shartda har bir jamoaning bitta a`zosi ishtirok etib, piyodalarning vazifalariga oid savollarga javob qaytardi va amaliy tarzda ko`rsatib ham berdilar.

Yosh velosipedchilar musobaqasida jamoaning 3 nafar o`g`il bolalari ishtirok etib, ular sakkiz shaklidagi chiziq oralig`ida harakatlanish, to`siqlarni aylanib o`tish, shartli ko`prikchadan yurish, maxsus ustuncha ustida turgan idishni suvini to`kmasdan ikkinchi ustunga olib borib qo`yish shartlarini bajarishdi.

Regulirovkachi signallarini ko`rsatish shartida jamoaning bitta a`zosi ishtirok etib, hakamlar tomonidan berilgan savollarga ko`ra regulirovkachining harakatlarini ko`rsatib izohlab berishdi.

Guruh sardorlari bellashuvi shartida jamoaning sardorlari ishtirok etib, ularga navbati bilan “Yo`l harakati qoidalari” asosida savollar berildi va javoblari olindi.

Maket yasash bo`yicha bellashuv shartida jamoaning 2 nafar a`zosi ishtirok etib, ular hakamlar tomonidan berilgan topshiriqqa asosan 15 daqiqa ichida turli maket yasab berdilar, bunda ishtirokchilar “Yo`l harakati qoidalari” talablariga mos ravishda turli detallar qog`ozdan kesib olinib va elim bilan yopishtirilib tayyorlandi.

Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish shartida jamoaning 2 nafar a`zosi (qiz bola) ishtirok etib, yosh hamshiralar yo`l-transport hodisasida jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatish bo`yicha shifokorlar tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishib, javoblarni amaliy tarzda ko`rsatib berishdi.

Texnika ijodiyoti tanlovi shartida jamoaning bitta a`zosi ishtirok etib, tanlovda o`quvchilar tomonidan tayyorlangan, radio signallari orqali boshqariladigan transportlar harakati yuzasidan o`tkazilib, transport vositasining to`g`riga, o`ngga, chapga, orqaga harakati namoyish etildi va transport vositasi shartli ravishda yasalgan garajga kiritildi.


Sirdaryo viloyati IIB YHXB Matbuot guruhi katta inspektori podpolkovnik Toshboev Javlon

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1