AsosiyJamiyat

Mudofaa vazirligi barchani ilk rasionalizatorlik ishlari festivaliga taklif etadi (Video)

'Mudofaa vazirligi barchani ilk rasionalizatorlik ishlari festivaliga taklif etadi (Video)'ning rasmi

Bugun, 25 may kuni O`zbekiston Mudofaa vazirligi qo`shinlari faoliyatiga zamonaviy ilmiy-texnik va rasionalizatorlik ishlanmalarini kiritish maqsadida “Hech bir ijobiy g`oya e`tibordan chetda qolmaydi” shiori ostida“TECHNO DISCOVERY-2019” festivali o`z ishini boshladi.

Unda 300 ga yaqin ishtirokchi harbiy texnika va qurol-aslahalarning taktik-texnik xususiyatlarini takomillashtirish, sohaga innovasion yondashuvlarni qo`llash takliflari bilan qatnashmoqda. Shuningdek, festivalda boshqa vazirlik va idoralar xodimlari loyihalari bilan ishtirok etmoqda.

Tadbirning asosiy qismi ertaga, 26 may kuni Toshkent harbiy okrugining “Chirchiq” poligonida soat 10.00da boshlanadi. Festival doirasida ko`ngilochar tadbirlar, harbiy xizmatchilarning ko`rgazmali chiqishlari hamda konsert dasturi namoyish etiladi. Tadbirga barchani taklif etamiz.


Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Boshqa yangiliklar