AsosiyJinoyat
3041

Band solingan mulkni yashirish oqibati

'Band solingan mulkni yashirish oqibati 'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Sergeli tuman bo`limi ish yurituvida bo`lgan Toshkent shahar Ho`jalik sudning 10.10.2016 yildagi qaroriga asosan, javobgarlar “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi fuqaro X. P.da ekanligi aniqlab, sud ijrochisi tomonidan ushbu avtotransport vositasi mavjud qarzdorlikni undirishni ta`minlash maqsadida xatlanib, X.Pga saqlash uchun 24.03.2017 yildatopshirilgan.

Davlat ijrochisi joriy yilning 10 may kuni X.P.ga saqlash uchun topshirilgan avtomashinani ko`zdan kechirish uchun borgan vaqtida, u ushbu 55.000.000 so`mga teng bo`lgan avtotransport vositasini bank xodimlari olib ketganligini vaj qilib, aldab,tadbirkor foydasiga xatlangan, vaqtincha saqlash uchun berilgan avtotransport vositasini qonunga hilof ravishda yashirib, qonunda belgilangan talablarni bajarmasdan bo`yin tovlagan.

MazkurholatyuzasidanMajburiy ijro byurosi Sergeli tuman bo`limi tomonidan X.P.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 233-moddasi 1-qismi bilanjinoyatishi qo`zg`atildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar