1

MIB direktori Qashqadaryo viloyati bo`yicha sayyor qabullarni o`tkazadi

Jamiyat 27.05.2019, 16:33
MIB direktori Qashqadaryo viloyati bo`yicha sayyor qabullarni o`tkazadi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Bahromovich Qudratxo`jaev Qashqadaryo viloyatida sayyor qabullar o`tkazadi.

Xususan, joriy yilning 28 may kuni Byuroning Muborak tuman bo`limi binosida Qarshi, Kasbi, Mirishkor, Nishon, Koson, Dehqonobod tumanlari hamda Qarshi shahar aholisi uchun, shuningdek 29 may kuni Byuroning Qamashi tuman bo`limi binosida Shahrisabz, Kitob, Yakkabog`, Chiroqchi, G`uzor tumanlari va Shahrisabz shahar aholisi uchun sayyor qabullar o`tkazadi.

Uchrashuvda Byuroning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi rahbariyati ham bevosita ishtirok etadi.

Tadbir davomida aholi tomonidan soha doirasida o`zlarini qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko`riladi.

Ma`lumot uchun: Muborak tumanida bo`lib o`tadigan sayyor qabul 14:00 dan 18:00 ga qadar, Qamashi tumanida bo`lib o`tadigan sayyor qabul 10:00 dan 16:00 ga qadar davom etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1