1

Harbiy xizmatchilarning oilalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

Jamiyat 27.05.2019, 17:26
Harbiy xizmatchilarning oilalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Respublika ma`naviyat va ma`rifat markazi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan hamkorlikda “Harbiy xizmatchilar oilalarini mustahkamlashning huquqiy, psixologik-pedagogik mexanizmlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o`tkazildi.

Oila institutini mustahkamlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni harbiy xizmatchilar oilalariga joriy etilishi masalalarini tahlil etish hamda harbiy oilalar mustahkamligiga ta`sir ko`rsatuvchi pedagogik-psixologik omillarni aniqlash, harbiy xizmatchilar oilalari bilan ishlash yo`nalishidagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishni maqsad qilgan ilmiy-amaliy anjumanda Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutidan G`.Z.Ikmatullaev, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazidan psixologiya fanlari nomzodi F.A.Akramova, Respublika ma`naviyat va ma`rifat markazidan pedagogika fanlari doktori professor M.Quronov, O`zbekiston Respublikasi DXX Instituti falsafa fanlari bo`yicha falsafa doktori Yo.O.Ernazarova va Psixologiya o`quv-ilmiy markazidan peadgogika fanlari doktori Sh.T.Xalilovalar anjuman mavzusiga doir ma`ruzalar bilan ishtirok etdi.

"Barcha soha vakillari kabi harbiy xizmatchilarning hayotida ham oila muhim ahamiyat kasb etadi. Harbiy xizmatchining oilasi tinch, farovon bo`lar ekan, uning xizmatida osoyishtalik va rivojlanish bo`ladi. Anjuman yakuni bo`yicha tayyorlangan to`plamda harbiy xizmatchilar oilalarining tushunchasi, ularning o`ziga xosligi va mustahkamlash borasidagi taklif va tavsiyalar mujassamlashgan", – deydi Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti doktoranti G`.Z.Ikmatullaev.

Milliy gvardiya matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1