1

Navbatdagi davlat xizmatlari zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi!

Jamiyat 28.05.2019, 12:36
Navbatdagi davlat xizmatlari zamonaviy binosi foydalanishga  topshirildi!

Namangan viloyatida yana bir davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Avval Namangan shahrida keyinchalik Pop tumanida bo`y ko`rsatgan markazlarga kirsangiz bahri-dilingiz yayraydi.Davlat xizmatlari Agentligining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig`i Dilmurod Ismoilovning ta`kidlashicha, 2019 yilda viloyatning qolgan 10 ta tuman va shaharlarida xuddi shunday markazlar barpo etiladi.


Pop tumani Namangan viloyatining qishloq xo`jaligiga ixtisoslashgan hududlaridan biridir. Bugun tumanda 212 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Popda yangidan barpo etilayotgan binolar tufayli ko`chalar ko`rkam qiyofaga kirmoqda. Xalqning turmush tarzi, yashash sharoitlari kun sayin o`zgarayotgani e`tirofga loyiq. Tumanda "Obod qishloq" Dasturi doirasida bir qator ijtimoiy obektlar qurib foydalanishga topshirildi. Ana shulardan biri davlat xizmatlari markazi binosidir.

Betakror dizayn va mukammal me`moriy echim bilan qurilgan markaz popiklarning serqatnov maskaniga aylandi. Aslida har bir bino ochilishida ming bir yaxshi tilak, ming bir ezgu amal mujassam.

Joriy yilda Pop tumani davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 7 ming nafarga yaqin fuqaroga davlat xizmatlari ko`rsatilgan bo`lsa, endilikdaqulay va shinam binoda fuqarolarga bir qator qulayliklar yaratildi.

Bank xizmati, fuqarolik holatlari dalolatnomalari yozish bo`limi ham markaz binosida faoliyat yuritadi. Biometrik pasport berish va haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagisiga almashtirib berish xizmati ham markazdan chiqmasdan amalga oshiriladi. Shuningdek, binoda Xalq qabulxonasi, bolalar maydonchasi, tibbiyot xonasi, kutubxona, investorlar uchun maxsus xona, anjumanlar xonasi mavjud. Yo`lga qo`yilgan bepul wi-fimarkazga tashrif buyuradigan fuqarolar beminnat foydalanishlari mumkin.

Davlatimiz raxbarining "Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida" gi Farmoniga asosan markazda Bosh vazir qabulxonasi tashkil qilindi.


Endilikda, muammo va takliflar bilan kelgan tadbirkorlar qulay sharoitlarga ega bo`lgan Davlat xizmatlari markazlarida tegishli davlat organlari vakillari ishtirokida qabul qilinadilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1