1

“Lasetti” yukxonasidagi 100 million so`mlik sifati kafolatlanmagan mahsulotlar fosh etildi

Jinoyat 29.05.2019, 10:29
“Lasetti” yukxonasidagi 100 million so`mlik sifati kafolatlanmagan mahsulotlar fosh etildi

Sifati kafolatlanmagan, inson salomatligiga xavf tug`diruvchi biologik faol moddalarni yurtimizga noqonuniy olib kirish va uning savdosiga qarshi bojxona organlari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.

Xususan, Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani hududida tezkor tadbir o`tkazildi.

Tadbir davomida yo`l chetida to`xtab turgan, fuqaro M.A boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi.

Natijada, uning yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari bo`lmagan, umumiy qiymati 100 million so`mdan ortiq 466 dona biologik faol qo`shimchalar borligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida olib qo`yildi.

Hozirda holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1