1

Yashirilgan zargarlik buyumlari fosh qilindi

Jinoyat 29.05.2019, 10:30
Yashirilgan zargarlik buyumlari fosh qilindi

Bojxonachilar tomonidan zargarlik buyumlarini yashirincha olib o`tishga bo`lgan urinishlarga o`z vaqtida chek qo`yilmoqda.

Jumladan, xorijdan mamlakatimizga uchib kelgan fuqaro D.A. Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari tomonidan belgilangan tartibda shaxsiy ko`rikdan o`tkazildi. Natijada, ushbu shaxsning egnidagi kiyimlari orasida qiymati 62,5 million so`mga teng bo`lgan tilladan yasalgan zargarlik buyumlari yashirilgani fosh etildi.

Olingan ashyoviy dalillarning umumiy og`irligi 197,4 grammni tashkil qildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1