PISA nufuzli xalqaro tashkiloti har 3 yilda o`tkaziladigan xalqaro tadqiqotlar natijalariga ko`ra, fin maktab o`quvchilari dunyodagi eng yuqori darajadagi bilimlarni namoyish qilishdi. Ular sayyoramizning eng ko`p o`qigan bolalari sifatida e`tirof etildi. Ahamiyatli tomoni, finlyandiyalik o`quvchilar boshqa mamlakatlardagi tengdoshlariga nisbatan maktabda kamroq vaqt o`tkazib, kuniga eng ko`pi bilan yarim soat dars qilishar ekan... Xo`sh, fin ta`lim tizimi dunyoning eng muvaffaqiyatli ta`lim tizimi sifatida e`tirof etilayotganining sababi nimada? Maktabda kamroq bo`lib, kam dars qilgan o`quvchilar qanday qilib sayyoraning eng yaxshi o`quvchilari sifatida tan olindi? Ana shu savollar bizni qiziqtirdi. Finlyandiya ta`limini o`rgandik, mutaxassislarning fikrlarini tingladik. Manba izlash davomida shu bo`yicha bizga o`zimiz xohlagan ma`lumotni bera oladigan mutaxassis ham topdik. “ConnectUz” konsalting kompaniyasining asoschisi, ta`lim va tadqiqotlar sohasida jamoat arbobi, Finlyandiya yoshlari loyihasining muallifi,universiteti ma`ruzachisi, Buyuk kelajak maslahat kengashi a`zosi, hozirgi kunda Finlyandiyada yashaydigan vatandoshimiz Kamilla Sultanova bilan bog`landik. U Finlyandiya ta`limi to`g`risida bizga ma`lumot berdi.
Fin ta`limining asoslari haqida...
Bu erda bolalar haftada besh kun, faqat kunduzi va juma kuni qisqartirilgan maktab kunida o`qishadi. Dars vaqti har bir maktabning o`z ixtiyoriga ko`ra, 8 dan 16 gacha. Bu mamlakatning eng katta maktabida 960 ta o`quvchi bor. Eng kichik maktabda esa 11 nafar o`quvchi ta`lim oladi.Deyarli barcha maktablar – davlat maktablaridir. Shuningdek, xususiy maktablarham bor.
Finlyandiya yuqori darajadagi ta`limga ega. Dastlabki tayyorgarlik, o`rta ta`lim va ikkinchi bosqichni o`qitish bepul bo`lib, ko`p hollarda qo`shimcha ta`lim ham bepuldir. Daromad darajasidan qat`i nazar, har bir oila sifatli ta`lim olish va mamlakatning faol fuqarosi bo`lish uchun teng imkoniyatga ega. Bu erda bolalar haftada besh kun, faqat kunduzi va juma kuni qisqarti- rilgan maktab kunida o`qishadi. Dars vaqti har bir maktabning o`z ixtiyoriga ko`ra, 8 dan 16 gacha. Bu mamlakatning eng katta maktabida 960 ta o`quvchi bor. Eng kichik maktabda esa 11 nafar o`quvchi ta`lim oladi.Deyarli barcha maktablar – davlat maktablaridir. Shuningdek, xususiy maktablarham bor.
O`quv yili avgustda boshlanib, may oyi oxirida yakunlanadi
Fin ta`limi muvaffaqiyatini ta`minlaydigan 7 ta asos bor. Shular haqida to`xtalamiz: hamma narsada tenglik kerak:
Bu har bir narsada tenglik tamoyilini ilgari suradi. Keling izohlaymiz. Masalan, eng yaxshi maktab yoki eng yomon maktab degan tushuncha yo`q. Barcha ta`lim muassasalari bir xil jihozlanadi, bir xil moliyalashtiriladi. Tenglik tamoyili maktabning har bir yo`nalishida aks ettirilgan, desak to`g`ri bo`ladi. Masalan, hamma fan-lar birdek o`qitiladi, biri boshqasiga qaraganda chuqurroq o`rgatilmaydi. O`quvchining ota-onasi qaerda, kim bo`lib ishlashi muhim emas, hamma o`quvchi tengdir, degan qarash ham bor. O`qituvchilarga o`quvchilardan ota-onasi, ularning ish joyi haqida so`rashi taqiqlangan. Bundan tashqari, o`quvchilar bir-biriga taqqoslanmaydi ham. Ya`ni, yaxshi o`qiydigan bola ham, fanlarni yomon o`zlashtiradigan o`quvchi ham hammasi birga o`qiydi.
Bepul ta`lim: Finlyandiya maktablari mutlaqo bepul. Bundan tashqari, ovqatlanish, ekskursiyalar, maktab taksisi, darsliklar, ofis, jihozlar va hatto planshet-noutbuklar ham bepul.
Individuallik: Fin maktabida har bir bola individual o`quv dasturiga muvofiq o`rganadi. Har bir o`quvchining o`z darsliklari, vazifalari, mashqlari mavjud bo`ladi. Bitta sinfning o`zida, bir darsda bolalar bir xil emas, aynan har xil murakkablikdagi mashqni bajarishadi. Har bir bola o`z vazifasini bajaradi va alohida baholanadi. Bolalarni o`zaro taqqoslashga yo`l qo`yilmaydi.
Amaliylik: Bu narsa ko`proq hayotga tayyorlov yondashuvidan kelib chiqadi. Ya`ni maktablarda nafaqat turli fanlardan saboq beriladi, balki hayotga foydali bo`lgan narsalar ham o`rgatiladi. Masalan, ular meros solig`i yoki ish haqi miqdorini hisoblab, bir necha chegirmalardan so`ng mahsulot narxi qancha bo`lishini taqqoslab ham berishadi.
Ishonch: Mamlakatda ta`lim dasturi bir xil. U faqat umumiy tavsiyalarni ifodalaydi. Har bir o`qituvchi o`ziga tegishli bo`lgan, o`zi qaysi birini ma`qul ko`rgan bo`lsa, o`sha uslubni qo`llagan holda dars o`tadi. Ishonch tamoyili bevosita o`quvchilar o`rtasidagi munosabatlarda ham aks etadi. Qanday qilib deysizmi? Masalan, dars davomida o`quvchi o`zini qiziqtirgan mashg`ulot bilan shug`ullanishi mumkin. Eng muhimi, u o`ziga nima kerakligi, qaysi biri foydali ekanligini yaxshi biladi.
Ixtiyoriy ta`lim: Fin ta`lim tizimida bola o`qishi, o`rganishi uchun majburlash yondashuvi yo`q. To`g`ri, pedagoglar o`quvchining e`tiborini tortishga harakat qilishadi. Lekin qiziqish, o`rganishga ishtiyoq bo`lmasa, u majburlanmaydi, balki amaliy jihatdan foydali bo`lgan, o`zi qiziqqan kasbga yo`naltiriladi. Bolaning nimaga qiziqishi, qaysi kasbga moyilligi “kelajak o`qituvchisi” tomonidan test va suhbat yo`li orqali aniqlanadi.
Mustaqillik: Finlar har bir narsada mustaqillik, maktab bolasiga eng muhim narsani – mustaqil istiqbolli hayotni o`rgatish kerak, deb hisoblashadi. O`qituvchi kitoblarda bor mavzular haqida uzundan-uzoq gapirib o`tirmaydi. Axir ularning hammasi kitobda bor-ku. Eng muhimi, mavjud bo`lgan muammolarni hal qilish uchun zarur resurslarni bilish kerak. Ya`ni internet, kalkulyatordan foydalanish qobiliyatini o`stirish kerak.
Maktab hayotiga doir boshqa muhim ma`lumotlar:
Men o`zbek ayoli sifatida finlyandiyalik yoshlarga, o`qituvchilar va o`quvchilarga kerakli qadriyatlarni etkazib berishimga ishonaman. To`g`ri, Finlyandiyada ta`lim olish borasida imkoniyatlar ko`p. Shu bilan birga muammolar ham bor. Masalan, O`zbekistonda bitta ta`lim yo`nalishini tanlaysiz. Finlyandiyada esa juda ko`p narsa bor va ba`zan tanlash juda qiyin bo`ladi. Xelsinki shahrida joylashgan 2 ta umumta`lim maktablarida professional yo`nalish bo`yicha hamkorlik qilib kelaman. 2 yildirki “Global Dignity Girls & Boys Ry” firmasi bilan ish olib boryapmiz. Ularning asosiy maqsadi – yoshlarga o`z qadr-qimmati bilan ishonchli, jasoratli va xatosiz, qo`rqmasdan yashashni boshlash uchun namuna modellaridan ilhom berishdir. Finlyandiya poytaxti hududida 7, 8 hamda 9 sinflar uchun 2 soat davomida ilhomlantiruvchi tadbirlar o`tkaziladi. Maktab, o`qituvchi va talabalarning hamkasblari bo`lish men uchun ham katta mas`uliyatdir. 2015 yil boshida tashkil etilgan “Global Dignity Girls & Boys Ry” tashkiloti tadbirlarida va turli xil san`at loyihalarida Xelsinkidan qariyb 4000 nafar yigit-qiz ishtirok etdi. Ko`cha-ko`yda badiiy loyihalar, seminarlar, munozaralar va forumlar o`tkazildi. Esa Rantamo Taivallahti va Yhtenäiskoulu maktabi talabalarni jalb qilishga mas`ul edi. Bunda 2 ta foydali loyiha bor edi. “Hyván mielen lounas” bu – keksa odamlarga yaxshi tabassum va tushlik dasturi. Biz yoshlarni ular bilan suhbatlashish loyihasini yaratdik. Yoshlar bilan ishlash loyihasini yoshlar bilan birgalikda yaratdik va sinovdan o`tkazdik. 2018 yil may oyida Esa Rantamo (o`qituvchi, professional yo`naltiruvchi shaxs) men
Dunyoning aksariyat ta`lim muassasalari o`z kiyimiga ega. Ayniqsa, bu maktablarga tegishli. Lekin Finlyandiyada bunday emas. Finlar maktab kiyimi kerak emas, deb hisoblashadi. Poyabzal ham ixtiyoriy.
Fin maktablari yuqoridan tekshirilmaydi (1970 yillarda ta`lim sohasida ko`plab nazorat qiluvchi organlar bekor qilindi). Maktablar oliy organlarga hisobot berishi shart emas. Bu bilan maktablardan ko`plab hujjatlarni olib tashlash, ular bilan ishlash tizimiga barham berildi. Ular uchun asosiy narsa bu emas, eng muhimi ta`lim sifati, bolalar bilan ishlashda vaqtni boy bermaslikdir.
Finlyandiyada asosiy ta`limda talabalar uchun milliy testlar yo`q. Buning o`rniga o`qituvchilar o`quv dasturida o`z mavzusini baholash uchun mas`uldirlar. Sertifikatning bahosi ham o`qituvchi tomonidan beriladi. Ushbu baho asosida talabalar kelgusida o`qish uchun tanlanadi. Shunday qilib, milliy o`quv dasturi bo`yicha keng tarqalgan mavzularni baholash ko`rsatmalari taqdim etiladi.
O`qituvchi o`qitish usullarini erkin tanlaydi
Finlyandiyada barcha o`qituvchilar magistr darajasini olishi kerak. Kasb-hunar ta`limi bo`yicha o`qituvchilar ustoz yoki bakalavr darajasiga ega bo`lishi lozim. Ta`limning yuqori darajasi, Finlyandiya o`qituvchilari talabiga binoan, juda avtonom professionaldir.Ularga o`qitish usullarini tanlashda to`liq erkinlik beriladi. Har bir o`qituvchi mustaqil ravishda uni o`rganish uchun o`quv dasturini yaratishi mumkin. (Abiturientlardan faqatgina 10 foizi studentlikka qabul qilinadi).
O`QISh BOSQIChLARI: 1- sinflar. Bolalar odatdagiday o`qituvchi bilan bir xonada o`tirishadi. Eng kichik (1-2 sinf- lar) o`qish, fin, matematika, ish, rasm, musiqa va jismoniy tarbiya darslari o`tiladi. Finlyandiyada boshlang`ich maktab bir vaqtning o`zida bir nechta kurslarni o`qitish mumkin. Biroz vaqtgacha (3-6 sinflar) bolalar ingliz tilini mukammal o`rganishadi. To`rtinchi kursda yana bir chet tilini tanlashadi. Shu bilan birga qo`shimcha fanlarni o`z ichiga oladi: kompyuter, xor va yog`och ishlari. Ijodiy rivojlanishga katta e`tibor qarati- ladi. O`quvchilar turli xil musiqa asboblarini o`rganishadi. O`quv mashg`ulotining beshinchi yilida fanga ta- rix, kimyo, fizika va geografiya qo`shiladi. Jismoniy tarbiya mashg`ulotlari haftasiga 1-3 marta o`tkazi- ladi. O`rta maktab: 7-9 sinf. Bu yillarda asosiy fanlarga o`z tanlovlariga parallel sub`ektlar qo`shiladi. 9-sinf o`quvchilari haqiqiy ish bilan tanishishadi. Ular ish joyini tanlashadi va o`zla- rini qiziqtirgan kasbni egallashadi.o`shimcha daraja: 10 sinf. Bu daraja o`quvchilarning natijalarini yaxshilash imkoniyatini beradi. Kollej, lisey: 11-12 sinflar. 10-sinfni tamomlagach, maktab o`quvchilari liseyda o`qishni davom ettirishadi. Yoki kasb-hunar kollejiga borishadi. Bitirgandan so`ng, barcha imtihonlarni topshirgandan keyin tantanali muhitda oq shapka olishadi. Bundan buyon ular mamlakatdagi har qanday universitetga o`qishga kirishlari mumkin.
Finlarga dars berayotgan o`zbek qizi
– 2006 yilda Global Dignity tashkiloti ta`sis etildi. U Norvegiya shahzodasi Xokonom, falsafa fanlari professori Pekka Ximanen (Finlyandiya) va HOPE tashkilotining asoschisi Jon Xoup Brayant (AQSh) tomonidan tashkil etildi. Hozir 70 ga yaqin mamlakatlarda bo`lgan 1,5 million yosh bu tashkilotga a`zo hisoblanadi. Men 2014 yildan beri Finlyandiya filialining asoschilaridan biri bo`lib ishlayapman. Bu menga maktab tizimining qanday ishlashi borasida juda katta tajriba berdi.
Men o`zbek ayoli sifatida finlyandiyalik yoshlarga, o`qituvchilar va o`quvchilarga kerakli qadriyatlarni etkazib berishimga ishonaman. To`g`ri, Finlyandiyada ta`lim olish borasida imkoniyatlar ko`p. Shu bilan birga muammolar ham bor. Masalan, O`zbekistonda bitta ta`lim yo`nalishini tanlaysiz. Finlyandiyada esa juda ko`p narsa bor va ba`zan tanlash juda qiyin bo`ladi. Xelsinki shahrida joylashgan 2 ta umumta`lim maktablarida professional yo`nalish bo`yicha hamkorlik qilib kelaman. 2 yildirki “Global Dignity Girls & Boys Ry” firmasi bilan ish olib boryapmiz. Ularning asosiy maqsadi – yoshlarga o`z qadr-qimmati bilan ishonchli, jasoratli va xatosiz, qo`rqmasdan yashashni boshlash uchun namuna modellaridan ilhom berishdir. Fin- lyandiya poytaxti hududida 7, 8 hamda 9 sinflar uchun 2 soat davomida ilhomlantiruvchi tadbirlar o`tkaziladi. Maktab, o`qituvchi va talabalarning hamkasblari bo`lish men uchun ham katta mas`uliyatdir. 2015 yil boshida tashkil etilgan “Global Dignity Girls & Boys Ry” tashkiloti tadbirlarida va turli xil san`at loyihalarida Xelsinkidan qariyb 4000 nafar yigit-qiz ishtirok etdi. Ko`cha-ko`yda badiiy loyihalar, seminarlar, munozaralar va forumlar o`t- kazildi. Esa Rantamo Taivallahti va Yhtenäiskoulu maktabi talabalarni jalb qilishga mas`ul edi. Bunda 2 ta foydali loyiha bor edi. “Hyván mielen lounas” bu – keksa odamlarga yaxshi tabassum va tushlik dasturi. Biz yoshlarni ular bilan suhbatlashish loyihasini yaratdik. Yoshlar bilan ishlash loyihasini yoshlar bilan birgalikda yaratdik va sinovdan o`tkazdik.
2018 yil may oyida Esa Rantamo (o`qituvchi, professional yo`naltiruvchi shaxs) men bilan birgalikda yoshlar forumida birga ishladi. Talabalar bilan suhbatlashdik, ular haqida doskada yozishdik va ijtimoiy tarmoqlarda baham ko`rishdi. Esa Rantamo bizning konsepsiyamizga bo`lgan g`ayrati, o`quvchilarga eng yaxshisini berish istagi, talabalarga ko`ngilli bo`lish imkoniyatini berdi. Turli forumlarda o`zlarini amalda sinab ko`rdi. Bu mas`uliyatni o`ziga singdirish uchun yaxshi imkoniyat edi. Yoshlar tad- birlarni qanday tashkil qilish, logistika masalalarini hal qilish va birgalikda yangi loyihalar qilish borasida katta ko`nikmaga ega bo`lishdi. Eng muhimi, ushbu tadbirlar orqali o`quvchilar o`zida shaxsiy liderlik tuyg`usini shakllantirdi. Hamkorligimiz tufayli odamlarda haqiqiy muloqot tajribasi shakllandi va talabalarni jamoaga yaqinlashtirdi.
O`tgan yilda O`zbekiston bilan ham ishladik. 400 ga yaqin yoshlarga Global Dignity to`g`risida master klass o`tdik. Ya`ni o`z qadr-qimmatini hurmat qilish tamoyillari bilan tanishtirildi. Ishonamanki, 2019 yilda faoliyatimiz yaxshi samara beradi. Xususan, jamoada ishlash va o`zingizni qadrlashni o`rganish – bularning barchasi finlardan o`rganadigan asosiy tamoyildir. Eng muhimi, o`qish qiziqarli bo`lishi kerak. Maktabning 4 devorida o`ynash va o`qish kerak emas. O`quvchilar muzeylar, tadbirkorlar bilan loyihalar va xususiy sektor bilan yaqin hamkorlik qilib, talabalar o`zlarini kelajakdagi kasbi yoki maktabda ko`rishlari kerak. Finlyandiyadan nimani o`rganishimiz mumkin? Ta`limga davlat yondashuvi va kelajakdagi o`qituvchilarni tayyorlashni. So`nggi 40 yil ichida ta`limga bo`lgan ulkan sarmoyani ham. Bolada o`ziga xoslik hissini shakllan- tirish, kasbiy yo`nalishlarga yo`naltirilgan loyihalarda faol ishtirok etishga undash kerak. Talabalarda mustaqillik va mas`uliyatni erta yoshdan o`rganishi uchun sharoit yaratish lozim. Vladimir Pozner o`z dasturida aytadi- ki, fin maktabi kichkina oila farzandi va nogironga sirtmoqqa suzish, muvaffaqiyat qozonish, gimnaziya yoki liseyga ro`yxatdan o`tish va keyinchalik oliy ma`lumot olish uchun yordam beradigan ijtimoiy tashkilot hisoblanadi. Bu fin jamiyatining eng muhim elementi. Fin maktabida iqtidorli bola- larni qo`llab-quvvatlanmasligi haqidagi shikoyatlarni tushunishning iloji yo`q. Biroq bu sizning farzandingizning ma`lum bir maktabda bo`lishiga doir jiddiy tavsiyalar beradigan o`qituvchilar va psixologlar bilan hamkorlik qilish zarurligini istisno qilmaydi.
Muammolar ham bor...
Finlyandiyada 15-29 yoshdagi 70 000 yigit-qiz ta`limdan, amaliyotdan yoki ishdan tashqarida yashaydi. Ya`ni ijtimoiy hayotda emas. Buning sabablari har xil. Albatta, eng muhimi ishsizlik, mehnat bozori talablariga nisbatan ta`limning etishmasligi, shuningdek, sog`lik muammolari ham bor. Bundan tashqari, sevimli mashg`ulotlar- ning etishmasligi va bo`sh vaqtning boshqa turlari ham bunga sabab bo`lyapti. Bu borada ayniqsa, o`g`il bolalar qolib ketish xavfi mavjud. Statistik xulosalar shuni ko`rsatyapti. Olimlar kelajakda ayollar ham ish, ham oila uchun yanada ko`proq mas`uliyat olishidan ogohlantirmoqda. Ta`limdagi dolzarb muammolarga to`xtaladigan bo`lsak, etnik jihatdan turli xil o`quvchilarni sinflarga va ta`limga integrasiyalashtirish, kelajakda ish kuchiga nisbatan noaniqlik bilan yumshoq (ijtimoiy) ko`nikmalarni rivojlantirish, deb hisoblayman. Shuningdek, o`qituvchilar mutaxassisligiga ham e`tibor qaratish kerak. Chunki ular mamlakatdagi innovasiyalar va inson ongi rivojining kafolati bo`lishi mumkin.
Laziza ShEROVA tayyorladi