AsosiyJamiyat

Toshkentda zo`ravonlikdan jabr ko`rgan ayollar uchun yana bir shelter faoliyat boshladi

'Toshkentda zo`ravonlikdan jabr ko`rgan ayollar uchun yana bir shelter faoliyat boshladi'ning rasmi

Toshkent shahrida Uchtepa va Chilonzor tumanlararo reabilitasiya markazining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston respublikasi Xotin-qizlar qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur markaz Prezident qarori asosida ijtimoiy reabilitasiya qilish va moslashtirish, zo`rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish maqsadida tashkil qilingan.

Markazda zo`ravonlik qurboniga aylangan ayollar uchun shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam ko`rsatish, zarurat bo`lganda, ularga qo`shimcha yordam ko`rsatish ishlari tashkil etilgan. Shuningdek Markaz faoliyati doirasida ayollarni u yoki bu kasbga tayyorlash bo`yicha ham yordam ko`rsatiladi.

Ochilishda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazir o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi T.Narbaeva, Toshkent shahar hokimi o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi D.Najmutdinova hamda Chilonzor va Uchtepa tuman hokimi o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi va tumanlardagi mahalla mutaxassislari va mas`ullar ishtirok etdi.

Shelterlar joylashgan aniq manzillar ayollarning xavfsizligini ta`minlash maqsadida sir tutiladi.

Og`ir ahvoldagi ayollarga yordam berish maqsadida Respublika doirasida yagona qisqa 1146 raqamli — «ishonch telefoni» ishga tushirilgan.

    Boshqa yangiliklar