Avvalroq, ommaviy axborot vositalari orqali xabar qilinganidek, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Qudratxo`jaev Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul o`tkazdi.
Xususan, joriy yilning 28 may kuni Muborak tumanda viloyatning Qarshi shahar, Qarshi, Mirishkor, Kasbi, Koson, Muborak, Nishon va Dehqonobod tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o`tkazildi.
Tadbir davomida, 17 nafar fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari eshitildi, murojaatlar bo`yicha fuqarolarni qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko`rildi.
Shuningdek, 29 may kuni Qamashi tumanda viloyatning Shahrisabz, Kitob, Yakkabog`, Chiroqchi, Qamashi, G`uzor tumanlari va Shahrisabz shahri aholisi uchun sayyor qabul bo`lib o`tdi.
Sayyor qabulda jami 12 nafar fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari eshitildi.
Jumladan,fuqaro Sh.Aliboevaning xatlangan avtomashinani qaytarib berish to`g`risidagi, fuqaro G.Ergashevaning va O.Boboqulovalarning esa, aliment pullari undirish bilan bog`liq murojaatlari qabul davomida ijobiy hal etilib, Byuro direktoriga minnatdorchilik bildirildi.