AsosiyJinoyat
2243

Zargarlik buyumlarini oyoq kiyimiga yashirish naf bermadi

'Zargarlik buyumlarini oyoq kiyimiga yashirish naf bermadi'ning rasmi

Ma`lumki yurtimizga fuqarolar o`z ehtiyojlari uchun 65 grammgacha zargarlik buyumlarini bojxona to`lovlarisiz olib kirishga ruxsat etiladi. Ammo ushbu mahsulotlarni mamlakatimizga noqonuniy olib kirishga bo`lgan urinishlar hamon uchrab turibdi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona posti xodimida shubxa uyg`otgan, qo`shni davlatdan piyoda holda kirib kelgan fuqaro S.F. xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazildi. Natijada, uning oyoq kiyimining ichiga yashirilgan, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan hamda og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan qiymati 4,5 million so`mlik jami vazni 180 gramm bo`lgan zargarlik buyumlarini borligi aniqlandi.

Shuningdek, “G`ishtko`prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro A.Sh. xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganida esa, uning egnidagi ko`ylagining eng qismiga yashirilgan, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan qiymati 63,6 million so`mlik og`irligi 318 gramm bo`lgan zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishga bo`lgan urinishi fosh qilindi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar