1

Jo`natmadagi psixotrop dori vositalari manziliga etib bormadi

Jinoyat 30.05.2019, 22:36
Jo`natmadagi psixotrop dori vositalari manziliga etib bormadi

Amaldagi tartiblarga ko`ra, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni xalqaro pochta jo`natmalari orqali jo`natish taqiqlangan. Ammo shunga qaramay pochta jo`natmalari orqali tarkibida psixotropva narkotik moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarini jo`natish holatlari tez-tez uchramoqda.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro T.M. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo`natmasi bojxona ko`rigidan o`tkazilganda bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan salkam 180 dona “Bondormin”, "Xanax XR 0,5 mg", "Nocturno forte 7,5" nomli tarkibida psixotropmoddalar mavjud dori vositasi hamda 30 dona tarkibida giyohvand moddasi mavjud bo`lgan "Tramadex" nomli dori vositalari borligi fosh etildi.

Shuningdek, fuqarolar K.O va K.A. nomiga yuborilgan pochta jo`natmalarida ham salkam 300 dona tarkibida "Zopiklon" psixotrop moddasi mavjud bo`lgan "Zopiklon Pilum 5"va "Imovan" nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1