AsosiyJinoyat
2034

Rangli metallarning noqonuniy aylanmasi fosh etishdi

'Rangli metallarning noqonuniy aylanmasi fosh etishdi'ning rasmi

Bojxona organlari tomonidan rangli metallarning noqonuniy aylanmasi va saqlanishiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idorlar bilan hamkorlikda rangli metallar va uning parchalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi.

Jumladan, Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududida rangli metall parchalarining noqonuniy aylanuvini oldini olishga qaratilgan tezkor tadbiri o`tkazildi.

Tadbir davomida, fuqaro K.R. boshqaruvidagi bo`lgan “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi Toshkent viloyati, Ohangaron tumani YPX blok postida to`xtatilib, xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, uning yukxonasida xo`jalik qoplarga solingan, hech qanday xujjatlari bo`lmagan, qiymati 15 million so`mlik, salkam 945 kilogramm rangli metall parchalari yashirilgani aniqlandi.

Yana bir tezkor tadbirda, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro D.Yu. ning xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada, xonadon darvozasining o`ng tomonida joylashgan garajda hech qanday hujjatlari bo`lmagan, qiymati 3 milliondan so`mdan ziyod, vazni 782 kilogramm bo`lgan rangli metall parchalari borligi aniqlandi.

Toshkent viloyati Chirchiq shahri xududida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida yana bir fuqaro J.N.ning xonadoni va yordamchi xo`jaliklari xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, xonadon omborxonasida hech qanday hujjatlari bo`lmagan qiymati 2,6 million so`mdan ziyod, vazni 546 kilogramm bo`lgan rangli metall parchalari noqonuniy ravishda saqlanayotgani aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar