AsosiyJamiyat

Chirchiqda shartli jangarilar hujumini qaytarish bo`yicha maxsus-taktik o`quvlar o`tkazildi

'Chirchiqda shartli jangarilar hujumini qaytarish bo`yicha maxsus-taktik o`quvlar o`tkazildi'ning rasmi

Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent viloyatidagi harbiy qismlardan birida “Ob`ektda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar hamda terrorchilik va yong`in sodir bo`lganda korxona ma`muriyati va fuqoro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o`quvi o`tkazildi.

O`quvda Mudofaa vazirligi Toifalangan ob`ektlarni qo`riqlash qo`shinlari qo`mondonligi harbiy xizmatchilari, “O`rta Chirchiq GES Kaskadi” unitar korxonasi, Toshkent viloyati va Bo`stonliq tumani FVB hamda Bo`stonliq tumani IIB xodimlari ishtirok etdi.

Rejaga asosan harbiy qism ofiserlar tarkibi bilan hafta davomida alohida va birgalikdagi qo`mondonlik-shtab tayyorgarligi mashg`ulotlari o`tkazildi. Jangovar harakatlar o`yin xaritasi chizilib, mashg`ulotda foydalanish uchun tayyorlandi. Maxsus-taktik o`quv ikki bosqichda amalga oshirildi.

Mashg`ulot g`oyasiga ko`ra shartli dushman jangarilari engil avtomobilda Toshkent—Sijjak yo`lidagi Chirchiq daryosida joylashgan ko`prikka qurolli hujum uyushtirdi. Hujum ko`prikni qo`riqlayotgan harbiy xizmatchilar tomonidan qaytarilib, shartli dushmanga talafot etkaziladi.

Mashq davomida rejalashtirilgan barcha o`quv savollar amalda bajarildi. Harbiy xizmatchilar kerakli ko`nikma hosil qildi. Bo`linma komandirlari jang mobaynida bo`ysinuvchilarni boshqarish ko`nikmalarini takomillashtirdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Boshqa yangiliklar