Aliment to`lovchiga 15 sutka ma`muriy qamoq ta`sir qilmadi, unga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 01.06.2019, 21:55
Aliment to`lovchiga 15 sutka ma`muriy qamoq ta`sir qilmadi, unga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

MIB Buxoro shahar bo`limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo`yicha Buxoro shahar sudining 01.02.2012 yildagi qarzdor A.Ashurovning barcha daromadlaridan undiruvchi S.Qayumova foydasiga ikki nafar voyaga etmagan farzandlari moddiy ta`minoti uchun uchdan bir qism miqdorida aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati 01.03.2012 yilda kelib tushgan bo`lib, Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo`zg`atish to`g`risida qaror qabul qilingan va nusxasi taraflarga yuborilgan.

Shuningdek, sobiq sud ijrochisining 26.04.2012 yildagi qarori bilan qarzdorning chetga chiqish huquqlari cheklangan.

Davlat ijrochisining 15.04.2019 yildagi qarori bilan qarzdorning alimentdan bo`lgan qarzdorligi 5.880.000 so`m hisoblangan hamda qarzdor, A.Ashurov muqaddam aliment to`lashdan qastdan bo`yin tovlagani uchun O`zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi bilan sudlanib, ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 474-moddasi bilan Buxoro shahar ma`muriy sudining 21.01.2019 yildagi qarori bilan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosini o`tab chiqqanligiga qaramasdan aliment pullarini to`lamagan.

Shu sababli Byuroning Buxoro shahar bo`limi surishtiruvchisining 27.05.2019 yildagi qarori bilan qarzdorga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1