1

Bo`stonliqda korxona egalari elektr energiyadan noqonuniy foydalanganlik uchun 57 mln. so`m zarar undirildi

Jinoyat 01.06.2019, 21:59
Bo`stonliqda korxona egalari elektr energiyadan noqonuniy foydalanganlik uchun 57 mln. so`m zarar undirildi

Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati Bo`stonliq tuman bo`lim tomonidan, tuman hududida joylashgan jamiyatga qarashli qurilish ob`ektlarida elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilinishini o`rganish yuzasidan tekshirish o`tkazilish jarayonida, MChJ elektr hisoblagichni ta`minotchi korxona bilan shartnoma tuzmasdan va to`lovlarni amalga oshirmasdan, 2018 yil noyabr oyidan, joriy yilning may oyiga qadar elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan. Oqibatida davlat manfaatlariga jami 56.362.680 so`m miqdorida moddiy zarar etkazilgan.

Korxona rahbari ushbu jinoyatni birinchi marta sodir etganligini, o`z ishidan pushaymonligini ma`lum qilib, jinoyat aniqlangan kundan e`tiboran o`ttiz kunlik muddat ichida etkazilgan 56.362.680 so`m zararni to`liq to`lagan.

Ma`lumot tariqasida aytish mumkin-ki, O`zbekiston Respublikasi JKning 1852-moddasi 6-qismida “Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e`tiboran 30 kunlik muddatda etkazilgan moddiy zararning o`rnini qoplagan bo`lsa, javobgarlikdan ozod etiladi” deb ko`rsatilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1