AsosiyJamiyat

Majburiy ijro byurosi direktori Surxondaryoda sayyor qabullar o`tqazdi

'Majburiy ijro byurosi direktori Surxondaryoda sayyor qabullar o`tqazdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Qudratxo`jaev Botir Surxondaryo viloyatida sayyor qabullarni o`tkazdi.

Jumladan, joriy yilning 30 may kuni Byuroning Qumqo`rg`on tuman bo`limi binosida - Qumqo`rg`on, Denov, Uzun, Sariosiyo, Oltinsoy, Sho`rchi va Jarqo`rg`on tumanlari aholisi uchun bo`lib o`tdi.

Sayyor qabul ikkinchi kuni Byuroning Sherobod tuman bo`limi binosida bo`lib o`tdi va unda Angor, Boysun, Muzrabot, Qiziriq, Termiz tumani hamda Termiz shahridan kelgan fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabullarda, Byuroning Surxondaryo viloyat boshqarmasi rahbariyati ishtirok etishdi. Ushbu sayyor qabulda jami 13 nafar fuqarolarning murojaati eshitildi.

Jumladan, Sherobod tumanida yashovchi aliment bo`yicha qarzdor fuqaro A.Normatovning murojaati tinglanib, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida, uning oilasi tiklanishiga amaliy yordam ko`rsatildi.

Bundan tashqari, har bir ko`tarilgan muammolar, murojaatlar tinglanib, ularning echimi yuzasidan tegishli topshiriqlar berilib, nazoratga olingan.

    Boshqa yangiliklar