AsosiyJamiyat

Tojikistonga qishloq xo`jalik texnikasi yuborildi

'Tojikistonga qishloq xo`jalik texnikasi yuborildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev hamda Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon o`rtasida imzolangan O`zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o`rtasida strategik sheriklik to`g`risidagi Shartnomaga muvofiq, eksport salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida «O`zagrotexsanoatxolding» AJ hamda Tojikiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan “Orion-Invest” MChJ bilan hamkorlikda 2019 yilning fevral oyida “Orion-Uzagro” qo`shma ishlab chiqarish korxonasi tashkil qilingan edi.

“Orion-Uzagro” qo`shma ishlab chiqarish korxonasi hududida yurtimizda ishlab chiqarilayotgan texnikalarni keng targ`ib qilish, eksport salohiyatini yanada oshirish maqsadida tashkil qilingan showroomda namoish qilish uchun 30 va 31 may kunlari “O`zagrotexsanoatxolding” AJ tizim korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan traktorlar, qishloq xo`jaligi texnikalari hamda agregatlarning jamlanmasi Tojikistonga yuborildi.

Tojikistonga jami 5 ta traktor, 3 ta maxsus texnika hamda 20 ta qishloq xo`jaligi texnikalari jo`natildi.

“O`zagrotexsanoatxolding” AJ matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar