1

Xorijiy valyutalarni yashirib olib o`tish naf bermadi

Jinoyat 03.06.2019, 15:07
Xorijiy valyutalarni yashirib olib o`tish naf bermadi

Bojxona xodimlari respublikamizdan xorijiy valyutalarni noqonuniy olib chiqib ketilishiga qarshi kurashib kelishmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Farxod” chegara bojxona posti orqali qo`shni davlatga o`tish maqsadida kelgan fuqaro O.X. shaxsiy ko`rikdan o`tkazildi. Natijada, uning egnidagi kiyimiga berkitilgan, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan 4700 AQSh dollari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda, “G`ishtko`prik” chegara bojxona posti orqali qo`shni mamlakatga o`tmoqchi bo`lgan fuqaro E.D. boshqaruvidagi “VAN Hool” rusumli avtobus bojxonachilar tomonidan ko`rikdan o`tkazildi. Natijada, avtobus salonidagi bardachokda yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan 1 930 000 qozoq tengesi borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1