1

1000 so`m kupyurali qog`oz pulga nima o`ralgan edi ?

Jinoyat 03.06.2019, 15:09
1000 so`m kupyurali qog`oz pulga nima o`ralgan edi ?

Bojxona xodimlari tomonidan “zahri qotil”ning navbatdagi noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Tadbir davomida, Denov tumanida harakatlanayotgan fuqaro X.A boshqaruvidagi “Neksiya” avtomobili to`xtatilib, fuqaro X.A va uning avtomobildagi yana bir sherigi N.Z. ismli shaxs xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi.

Natijada, fuqaro X.A ning yonidan 1000 so`mlik kupyurali qog`oz pulga o`ralgan 1,77 gramm“marixuana” giyohvandlik moddasi va fuqaro N.Z.ning yonida gugurt qutisiga joylashtirilgan5,84 gramm “marixuana” moddasi borligi aniqlandi. Shuningdek, fuqaro X.A.ning yashash xonadonida 1 tup “nasha” giyohvandlik o`simligi borligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda mazkur holatlar bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1