1

Yuk avtouloviga yashirilgan ehtiyot qismlar bojxonachilar tomonidan fosh qilindi

Jinoyat 03.06.2019, 15:11
Yuk avtouloviga yashirilgan ehtiyot qismlar bojxonachilar tomonidan fosh qilindi

Bojxonachilar tomonidan navbatdagi bojxona qonunbuzilishi holati o`z vaqtida aniqlanib, bartaraf qilindi.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo`shni davlatga o`tish maqsadida kelgan fuqaro S. X. boshqaruvidagi “Shansi” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.

Natijada, yuk yarimtirkama tagida yasalgan xufiyona joyda qiymati 10 400 000 so`mlik 5 turdagi yuk avtomashina ehtiyot qismlari yashirilganligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1