1

Qayta pullash uchun olib ketilayotgan dizel bojxonachilar tomonidan to`xtatib qolindi

Jinoyat 03.06.2019, 15:16
Qayta pullash uchun olib ketilayotgan dizel bojxonachilar tomonidan to`xtatib qolindi

Bojxona xodimlari dizel yoqilg`isining noqonuniy savdosiga qarshi keskin kurash olib borishda davom etishmoqda.

Kuni kecha Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari ham katta miqdordagi dizel yoqilg`isining qonunga xilof tarzdagi savdosiga chek qo`yishdi.

Fuqaro I.A boshqaruvida bo`lgan avtotransport vositasi to`xtatilib tekshirilganda, uning yukxonasida umumiy qiymati 27 280 000 so`mlik
4 800 litr dizel yoqilg`isi qayta pullash maqsadida olib ketilayotganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1