1

Sifati kafolatlanmagan biologik faol tabletka va kapsulalar to`xtatib qolindi

Jinoyat 03.06.2019, 15:18
Sifati kafolatlanmagan biologik faol tabletka va  kapsulalar to`xtatib qolindi

Bojxonachilar yurtimizga sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni noqonuniy olib kirilishiga chek qo`yishdi.

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi “Urganch aeroporti” chegara bojxona postiga xorijdan uchib kelgan fuqaro T.S “yashil” yo`lakdan harakatlanib kelayotganida, unga tegishli bo`lgan qora rangli sumkasi bojxona nazoratidan o`tkazildi.

Natijada, bojxona xodimining og`zaki so`rovi paytida aytilmagan, va deklarasiyada qayd etilmagan umumiy qiymati 16,6 million so`mlik 1460 dona biologik faol qo`shimcha tabletkalari va 200 dona biologik faol qo`shimcha kapsulalarini olib kelayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1