1

Buvaydalik ota 126 million so`mlik aliment o`rniga uy topshirdi

Jinoyat 03.06.2019, 15:59
Buvaydalik  ota 126 million so`mlik aliment o`rniga uy topshirdi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Qo`qon tumanlararo sudining 05.06.2017 yildagi SB-9639-sonli sud buyrug`iga asosan Buvayda tumanida yashovchi qarzdor A.Yoqubovdan undiruvchi D.Pirmatovaga ikki nafar voyaga etmagan farzandlarining moddiy ta`minoti uchun aliment undirish belgilangan bo`lib, 28.06.2017 yilda Byuroning Buvayda tuman bo`limi davlat ijrochisi tomonidan 4681-sonli ijro ishi yurituvi qo`zg`atilgan.

Ijro ishi doirasida davlat ijrochisi qarzdorni yashash manzilida aniqlay olmagach, uning nomiga rasmiy rasmiylashtirilgan uy-joylar, ko`chmas mulk, transport vositasi, bankdagi pul mablag`lari to`liq tekshirilgan, shuningdek yashash manzili ko`zdan kechirilgan bo`lsa-da, biroq qarzdorning na o`zi, na mol-mulki va na pul mablag`i mavjudligi aniqlangan. Aksincha qarzdorning Toshkent shahriga ishlash uchun ketganligi, noma`lum manzilda ishlayotganligi haqida ma`lumotlar to`plangan.

Shunga ko`ra, davlat ijrochisi tomonidan 12.04.2018 yilda qarzdor A.Yoqubovga nisbatan qidiruv e`lon qilingan va joriy yilning may oyida uning manzili aniqlanib ushlangan.

O`tkazilgan profilaktik suhbatlar jarayonida qarzdor A.Yoqubov ikki nafar voyaga etmagan farzandlarini 18 yoshga to`lgunga qadar hisoblangan 126.0 mln. so`m aliment puli hisobiga o`ziga tegishli bo`lgan Buvayda tumani Pishagar MFY Qum qishlog`idagi hovli uyini natura shaklida berishini ma`lum qilgan.

31.05.2019 yilda Buvayda tumani 1-sonli davlat notarial idorasida “Alimentni natura shaklida to`lash to`g`risidagi kelishuv” bitimi imzolanib, unga ko`ra qarzdor A.Yoqubov er maydoni 846 metr2 bo`lgan hovli uyini voyaga etmagan farzandlari nomiga rasmiylashtirib bergan.

Shu sababli, davlat ijrochisi tomonidan aliment undirish haqidagi 4681-sonli ijro ishi yurituvi tamomlanib, fuqarolik ishlari bo`yicha Qo`qon tumanlararo sudiga qaytarildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1