1

Avtobus muzlatgichiga yashirilgan tamaki mahsulotlari aniqlandi

Jinoyat 04.06.2019, 10:00
Avtobus muzlatgichiga yashirilgan tamaki mahsulotlari aniqlandi

Bojxona xodimlari tamaki mahsulotlarini bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o`tilishiga o`z vaqtida chek qo`yishmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Nadjimov” chegara bojxona posti xodimlari mamlakatimizga kirib kelgan fuqaro K.X.ning qo`l yuklarini bojxona ko`rigidan o`tkazdi. Natijada, ushbu shaxs xorijda ishlab chiqarilgan, qiymati 2 430 000 so`mlik, 60 quti elektron tamaki mahsuloti, 70 quti sigaretlarni yashirib olib kelayotgani aniqlandi.

Shuningdek, “G`ishtko`prik” chegara bojxona posti xodimlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari bilan hamkorlikda, qo`shni davlatdan kirib kelgan fuqaro A.Z. boshqaruvidagi “VAN Hool” rusumli avtobus bojxona ko`rigidan o`tkazildi.

Natijada, avtobus salonidagi muzlatgichning ostki qismiga yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan, og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan 8 100 000 so`mlik, 130 quti elektron sigaretlar hamda 24 dona motosikl zanjirlari yashirib qo`yilganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1