Surxondaryoning Denov tumanida qurib bitkazilgan yangi uylarning kalitlarini harbiy xizmatchilarga tantanali ravishda topshirildi.
Harbiy orkestr hamda karnay-surnaylar sadosi ostida uylarni topshirish marosimida Denov tumani hokimi Baxtiyor Ibotov, Janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrug qo`shinlari qo`mondonligi vakillarihamda harbiy xizmatchilarning oila a`zolari ishtirok etdi.
Xayrobod qo`rg`onida joylashgan harbiy shaharchada barpo etilgan 48 xonadonga mo`ljallangan ikki qavatli jami 3 ta uyda harbiylar va ularning oila a`zolari uchun barcha zarur qulayliklar yaratilgan.
Yangi xonadonga ega bo`lgan harbiylar yuzidagi quvonch marosimga haqiqiy bayram shukuhini ulashdi. Zamonaviy uylar kalitini qo`lga olar ekan, harbiylarimiz Vatan oldidagi burchini bundan keyin ham sadoqat bilan bajarishga va`da berdilari.
Eslatib o`tamiz, 2018 yil rejasi bo`yicha 74 ta uy ipoteka krediti asosida, 21 tasi xizmat uylari sifatida qurilib, harbiy xizmatchilarga tantanali ravishda topshirilmoqda.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati