AsosiyJamiyat

“Temurbeklar maktabi" o`quvchilari qasamyod qabul qilishdi

'“Temurbeklar maktabi" o`quvchilari qasamyod qabul qilishdi'ning rasmi

“Men, O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” o`quvchilari safiga kirar ekanman, ... barcha fanlarni “a`lo” va “yaxshi” baholarga o`qishga, bilmaganimni so`rab bilishga, ... Vatan himoyachisi degan sharafli nomga loyiq bo`lishga, kelajakda buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur bobomizga munosib voris, yuqori malakali harbiy mutaxassis bo`lib, ona-Vatanga, xalqimga va Prezidentimga sidqidildan xizmat qilishga tantanali ravishda qasamyod qilaman”.

O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy telekommunikasiya yo`nalishidagi Toshkent akademik liseyi “Temurbeklar maktabi”ning 1-bosqich o`quvchilari mana shunday so`zlar bilan o`quvchilik qasamyodini qabul qilishdi.

Tadbirda Milliy gvardiya Markaziy apparati mas`ul ofiserlari, Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi”ning shaxsiy tarkibi, o`quvchilarning ota-onalari, yaqinlari ishtirok etdi.

Qasamyod har bir o`quvchida Vatanga muhabbat, burchga sadoqat, mehnatsevarlik, bilimga intilish, or-nomusni himoya qilish kabi xislatlarni shakllantiradi.

Milliy gvardiya axborot xizmati

    Boshqa yangiliklar