1

Amir Temur shoh ko`chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Jamiyat 06.06.2019, 12:54
Amir Temur shoh ko`chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Toshkent shahrida kuzatiladigan yog`ingarchilik oqibatida hududlarda suv to`planib qolishining oldini olish maqsadida drenaj tizimlarini reja asosida yangilash va ta`mirlash ko`zda tutilgan.

6 iyun kuni Amir Temur shoh ko`chasining “Toshkentland” bog`idan Radisson mehmonxonasigacha bo`lgan qismidagi drenaj quvurlari yangilanishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan yo`lning mazkur qismi 6 iyun kuni kechki soat 23:00dan 7 iyun tonggi soat 6.00 gacha bo`lgan vaqt davomida yopiladi.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so`raymiz, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati .

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1