1

Bojxona xodimlari zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasini fosh etishdi

Jinoyat 07.06.2019, 11:57
Bojxona xodimlari zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasini fosh etishdi

Bojxona xodimlari tomonidan zargarlik buyumlarini yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga o`z vaqtida chek qo`yilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G`ishtko`prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, qo`shni davlatdan kirib kelgan fuqaro T.D. xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazildi. Natijada, ushbu shaxs yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan, og`irligi 244 gramm bo`lgan, oq rangli qimmatbaho metalldan yasalgan, qiymati 7 320 000 so`mlik 5 turdagi zargarlik buyumlari yashirincha olib o`tishga uringanligi aniqlandi.

Shuningdek, yana bir holatda “S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo`shni davlatdan piyoda holda kirib kelgan fuqaro A.A. xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazdi.

Natijada, mazkur fuqaro shimining orqa cho`ntagida va kuylagining cho`ntagida bojxona nazoratidan yashirilgan hamda og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan qiymati
4 400 000 so`mlik 176 gramm oq va sariq rangli qimmatbaho metalldan yasalgan turli xil zargarlik buyumlari borligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1