1

Sifati kafolatlanmagan mahsulotlar to`xtatib qolindi

Jinoyat 07.06.2019, 12:08
Sifati kafolatlanmagan mahsulotlar to`xtatib qolindi

Bojxona xodimlari sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga o`z vaqtida chek qo`yishdi.

Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan hamkorlikda Mirzaobod tumani hududida tezkor tadbir o`tkazishdi.

Tadbir davomida, “Gagarin-Guliston” yo`nalishi bo`ylab harakatlanib ketayotgan fuqaro M.D boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli, avtotransport vositasi to`xtatilib, ko`zdan kechirildi.

Tekshiruv davomida, avtomashinaning saloni va yukxonasida fuqaro A.S.ga tegishli, hech qanday hujjatlarsiz, sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati
32 milion so`mlik 866 dona parfyumeriya mahsulotlari mavjudligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1