1

O`zbekistonga koreyalik investorlar tomonidan sovitish uskunalari keltiriladi

Jamiyat 07.06.2019, 17:55
O`zbekistonga koreyalik investorlar tomonidan sovitish uskunalari keltiriladi

O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligida Koreyaning “Wooseok E&C., Ltd” kompaniyasi raisi Choi Yong Kee va boshqa ishbilarmonlar ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Koreyaning “Wooseok E&C., Ltd” kompaniyasi raisi Choi Yong Kee mamlakatimizda etishtirilgan mevalarga xorijda talab ortib borayotganini ta`kidlar ekan, o`zbekistonlik ishbilarmonlar uchun Koreya bozorlarida raqobatlashish imkonini yuqori baholadi.

2.JPG

Uchrashuvda qishloq xo`jaligi sohasida hamkorlikni kengaytirish, jumladan, O`zbekistonda qishloq xo`jaligi mahsulotlarining sifatli saqlanishini ta`minlash maqsadida zamonaviy sovutish uskunalarining ishlab chiqarilishi, bu borada mamlakatimizdagi imkoniyatlarni o`rganish bilan bog`liq loyihaning amalga oshirilishiga doir masalalar muhokama etildi.

Muzokaralarning mantiqiy davomi sifatida Vazirlik “Wooseok E&C., Ltd” kompaniyasi o`rtasida qishloq xo`jaligi sohasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan anglashuv memorandumi imzolandi.

1.JPG

Anglashuv memorandumi asosida O`zbekiston tomoni loyihani amalga oshirish bo`yicha xorijlik investorlarga qulay imkoniyatlar yaratadi. Koreya tomoni esa O`zbekistonga sovutish uskunalari qurilishi uchun zamonaviy va yuqori sifatli jihozlarni etkazib beradi.

Qishloq xo`jaligi vazirligi matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1