1

Jinoyat jazosiz qolmaydi

Jinoyat 07.06.2019, 18:25
Jinoyat jazosiz qolmaydi

Kattaqo`rg`on tumani “Chig`atoy” mahalla fuqarolar yig`inining ma`muriy binosida, jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand viloyati, Nurobod tuman sudi raisi N.Rayimovning raisligida sudlanuvchi Sh.E, Sh.Z va Sh.Tlarga oid jinoyat ishi sayyor sud majlisida ko`rib chiqildi.

Sud jarayonida ma`lum bo`lishicha, sudlanuvchi Sh.E va Sh.Zlar, voyaga etmagan Sh.T va M.A larni jinoyat sodir qilishga jalb qilib, o`zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, bir guruh bo`lishib, 2018 yil 7 dekabr kuni soat 22:30 da jabrlanuvchi H.S.Hning Kattaqo`rg`on tumanida joylashgan avtomashinalarni yuvish joyiga g`ayriqonuniy ravishda darvoza qulfini sindirish yo`li bilan kirishib, u erda bo`lgan bir dona “Delfin” rusumli karcher, bir dona “Evraaziya” rusumli changyutgich, avtomashinalarni yuvishda foydalaniladigan narsalarni, jami 4.400.000 so`mlik mol-mulklarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, sotib yuborib, pullarini o`zaro bo`lib olishgan.

Sh.E, jinoiy harakatlarini davom ettirib, voyaga etmagan Sh.T va M.A bilan takroran o`g`irlik qilish maqsadida bir guruhga birlashib, 2018 yil 20 dekabr kuni soat 22:00 da jabrlanuvchi S.Sning qarovsiz holda qoldirilgan Kattaqo`rg`on tumanidagi uyining devoridan oshib kirib, uyning mehmonxonasi eshigining panjarasida bo`lgan qulfni sindirib, uyning plastik eshigida bo`lgan qulfni buzib, xona ichida bo`lgan bir dona “LG” rusumli televizor va bir dona “MSI” rusumli netbukni, jami 4.000.000 so`mlik mol-mulklarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, sotib yuborib, pullarini o`zaro bo`lib olishgan.

Sh.E, jinoiy harakatlarini davom ettirib, voyaga etmagan Sh.T va M.A bilan takroran o`g`irlik qilish maqsadida bir guruhga birlashib, Kattaqo`rg`on tumanida joylashgan jabrlanuvcht E.Tning qarovsiz holda qoldirilgan uyining devoridan oshib kirishib, uyning erto`lasida bo`lgan eshik qulfini temir jism bilan buzib kirishib, bir dona 500.000 so`mlik benzin yoqilg`isida ishlovchi arra (benzopila)ni yashirin ravishda talon-toroj qilib, sotib yuborib, pullarini o`zaro bo`lib olishgan.

Sud jarayonida sudlanuvchilarSh.E, Sh.Zva Sh.Tlar sodir qilgan jinoyatlariga to`liq iqrorlik bildirib, jabrlanuvchilarga etkazilgan zararlarni to`liq qoplab berdi. Jabrlanuvchilar etkazilgan zararlar to`liq qoplab berilganligi sababli sudlanuvchilarga nisbatan hech qanday da`vosi yo`qligini bildirdi.

Sud hukmiga ko`ra, sudlanuvchi Sh.E, Sh.Z va Sh.Tlarga nisbatan jazo tayinlashda ularning aybiga iqrorligini, qilmishidan pushaymonligini, yoshligini, jabrlanuvchilarning da`vosi yo`qligini, etkazilgan zararlar to`liq qoplanganligini inobatga olib, sudlanuvchi Sh.Eni O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 169-moddasi 3-qismining “a” bandi (takroran o`zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) va 127-moddasi 3-qismining “b” bandida (ikki va undan ortiq voyaga etmagan shaxsni jinoyat sodir qilishga jalb qilish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda,Sh.Zni O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 169-moddasi 2-qismining “v,g” bandlari (o`zganing mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uy-joyga g`ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) va 127-moddasi 3-qismining “b” bandida (ikki va undan ortiq voyaga etmagan shaxsni jinoyat sodir qilishga jalb qilish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topib, Jinoyat Kodeksining 57, 59-moddalarini qo`llab, ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Sudlanuvchi Sh.T gaO`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 169-moddasi 3-qismining “a” bandi (takroran o`zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan Jinoyat Kodeksining 841-moddasi tartibida ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Ularga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 481-moddasida nazarda tutilgan cheklovlar o`rnatildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1