Poytaxtimizda o`nlab o`g`riliklarni amalga oshirgan Tkach laqabli xonaki o`g`ri paydo bo`ldi, deya xabar bermoqda podrobno.uz.
Uning asl ism-sharifi Vladimir Tkachev. Boshqa bosqinchi va o`g`rilardan farqi shundaki, u xonadonlarga kirishning noyob usulini topgan ya`ni kanalizasiya shaxtasi orqali kiradi.
Tkach Toshkent shahar Mirobod tumanidagi shirkatlardan birida santexnik bo`lib ishlagan va u nafaqat shaxtalarning ahvoli, balki ko`pqavatli uyda yashovchilarning moddiy ahvoli haqida ham aniq ma`lumotga ega bo`lgan. Past bo`yli va ozg`in bu odam tomdan yoki kanalizasiya shaxtasi orqali xonadonlarga bemalol kirgan.
Har bir xonadonda Tkachevning asosiy o`ljasi pul, zargarlik buyumlari, noutbuk, fotoapparat, uyali telefon kabi kichkina elektrotexnikalar bo`lgan bo`lsa, ba`zan kurtka, qimmat oyoq kiyimi va boshqalarni ham olib turgan.
Tezkor xodimlarning so`zlariga ko`ra, Tkach o`zidan iz qoldirmasdan, shovqin-suronsiz ishlagan, eng asosiysi, qo`shnilarda hech qanday shubha uyg`otmagan, chunki uni hamma santexnik sifatida yaxshi tanigan. Biroq ichki ishlar organlari xodimlari o`g`rining mualliflik dastxatini fosh qilishdi. Shunday qilib, Vladimir Tkachev navbatdagi o`g`rilikni amalga oshirayotgan paytda qo`lga olindi. Ayni paytda ushbu ish yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.





