1

MIB Toshkentda yana huquqbuzar haydovchilar uchun reyd tadbirini boshladi

Jamiyat 08.06.2019, 10:35
MIB Toshkentda yana huquqbuzar haydovchilar uchun reyd tadbirini boshladi

Erta tongdanoq ishga, o`qishga shoshilamiz. Ko`chaga chiqdikmi kimdir yo`lovchi, kimdir haydovchi nomi bilan ataladi. Shu o`rinda haydovchi va yo`lovchilarning yo`l qoidasida o`z o`rni borligini unutmasligimiz kerak. Aks holda, “Yo`l qoidasi-umr foydasi” degan qoida kuchini yo`qolishiga sababchi bo`lamiz.

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi va Yo`l harakati xavfsizligi Toshkent shahar bosh boshqarmasining hamkorlikdagi qo`shma reyd tadbiri yana boshlandi. Mazkur tadbirjoriy yilning 22 may kuni boshlangan bo`lsa, 6 iyun kuniga qadar 10 mingdan ortiqhuquqbuzarlar aniqlangan. Tadbirning o`tgan 16 kuni davomida 10.902 nafar huquqbuzar aniqlangan bo`lsa, muddati o`tgan jarimalar summasi3,3 mlrd. so`mni tashkil etdi. Shundan poytaxt ko`chalarida hamkorlikda o`tkazilgan tadbir vaqtida 9.969 nafar huquqbuzar haydovchi aniqlanib, ulardan 2,7 mlrd. so`mdan ziyod muddati o`tgan jarimalar joyida sayyor kassalarga majburiy undirilgan.

Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi ish yurituvidagi ijro hujjatlari bo`yicha5.760 nafar haydovchidan davlat foydasiga2 mlrd. so`mdanortiq jarima pullari undirilgan. Olib borilgan targ`ibot va tashviqot tadbirlari natijasida Byuroning Toshkent shaharboshqarmasi ish yurituviga kelib tushmagan Yo`l harakati xavfsizligi organlariga to`g`ridan-to`g`ri 331,4 mln. so`m miqdorida jarimalar undirilgan.

Yana bir holat, majburiy ijro harakatlari paytida jarimalar miqdori huquqbuzar haydovchi tomonidan o`z vaqtida to`lanmasa, avtoulov vaqtincha jarima maydonchalariga joylashtiriladi, 16 kun davomidagi tadbirda 18 ta avtoulov jarima maydonchalariga joylashtirilgan. Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan qidiruvga berilgan 1 ta avtoulov tadbir paytida topilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1