1

Yashirilgan qadimiy tilla tangalar fosh qilindi

Jinoyat 08.06.2019, 10:49
Yashirilgan qadimiy tilla tangalar fosh qilindi

Ma`lumki, Davlat bojxona qo`mitasi respublikada qonun hujjatlariga muvofiq madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Yaqinda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi“G`ishtko`prik”chegara bojxona posti xodimlari noyob tarixiy va madaniy boyliklarning respublikadan olib chiqishga bo`lgan urinishni bartaraf etishdi.

Gap shundaki, mazkur bojxona posti orqali qo`shni davlatga yo`l olgan fuqaro M.M.ning qo`l yuki belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazilganda, nazorat-rentgen apparatida shubhali tasvirlar aks etdi.

Shundan so`ng, ushbu qo`l sumkasi xolislar ishtirokida va belgilangan tartibda ochib ko`zdan kechirildi. Natijada, unda bojxona nazoratidan yashirilgan, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan, qiymati 6 400 000 so`mlik, vazni 16 grammni tashkil qilgan 2 dona 1898 yilda, 1 dona 1899 yilda va 1 dona 1900 yilda ishlab chiqarilgan “B.M.Nikolay” yozuvli tilla tangalar borligi aniqlandi.

Ushbu post xodimlari tomonidan zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o`tilishiga doir yana bir holat aniqlandi. Qo`shni davlatdan piyoda holda kirib kelgan fuqaro S.Yo.ning harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi. Shundan so`ng, ushbu fuqaro shaxsiy ko`rikdan o`tkazildi. Natijada, unda bojxona nazoratidan yashirilgan, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan, og`irligi 172 gramm bo`lgan, sariq metaldan yasalgan, qiymati 51 600 000 so`mlik, 3 turdagi zargarlik buyumlari borligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1