1

Dam olish kunlarini qaerda o`tkazish haqida o`ylayapsizmi? Unda bu aynan siz uchun!

Jamiyat 08.06.2019, 11:57
Dam olish kunlarini qaerda o`tkazish haqida o`ylayapsizmi? Unda bu aynan siz uchun!

8-9 iyun kunlari Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tashabbusi bilan Toshkent shahridagi Mirzo Ulug`bek nomli Central Park (sobiq Telman parki)da "Vosxod" Elektron musiqa festivali bo`lib o`tadi.

Tadbirda mahalliy va xorijiy mamlakatlarning Sacha Muki, Sofia Rodina, Mercurrio, Dario Dea, Sestrica, Prisheletz, Timur Basha, Yana Ponura, Monastetiq kabi taniqli di-djeylari ishtirok etadi hamda sizga xursandchilik va yaxshi kayfiyat ulashadi.

"Elektron musiqa festivalini o`tkazishimizdan asosiy maqsad O`zbekistonning yoshlar turizmi salohiyatini keng namoyish qilishdan iboratdir. Shunisi quvonarliki, so`nggi vaqtlarda yurtimizda yoshlarga oid ko`ngilochar tadbirlarni o`tkazishga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bu kabi tadbirlar yozgi ta`til kunlarida yoshlarni bir joyga jamlab, ularning dam olish kunlarini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. Shunday ekan, O`zbekiston yoshlarini 8-9 iyun kunlari bo`lib o`tadigan musiqa bayramida qatnashishga chaqirib qolaman! Tashrif buyuring va barchasiga o`zingiz guvoh bo`ling, biz sizlarni kutib qolamiz!", - deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi o`rinbosari Saidakbarxon Akbarov.

Diqqat! Musiqa festivali yakuniga ko`ra, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Milliy piar markazi bilan hamkorlikda ijtimoiy tarmoqlarda Elektron musiqa festivali doirasida olingan eng original surat hamda uning ostida #vosxodtashkent #vosxodtashkent xeshtegi bilan qoldirilgan kreativ post egalariga o`zining esdalik sovg`alarini topshiradi.

Musiqa kechasi soat 11:00 da boshlanadi. Xorijdan taklif qilingan di-djeylarimiz esa soat 17:00 dan o`z chiqishlarini boshlashadi. Barchangizni Elektron musiqa festivalida kutib qolamiz.

Darvoqe, Elektron musiqa festivaliga kirish bepul!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1