1

Sumkadagi oziq-ovqatlar orasidan uyali aloqa vositalari topildi

Jinoyat 08.06.2019, 14:22
Sumkadagi oziq-ovqatlar orasidan uyali aloqa vositalari topildi

Bojxona xodimlari “Toshkent” xalqaro aeroportida uyali aloqa vositalarini yashirincha olib kirishga uringan fuqaroning “ustamonligini” fosh etishdi.

«Seul-Toshkent» yo`nalishi bo`yicha uchib kelgan fuqaro Z.R. harakatlanish uchun «yashil» yo`lakni tanlab, bojxona xodimining og`zaki so`rovida sumkalari ichida oziq-ovqat mahsulotlari borligini ma`lum qildi.

Biroq, fuqaro Z.R. ning qo`l yuklari rentgen-skaner qurilmalaridan o`tkazilganda, ushbu fuqaroning “ustamonligi” fosh bo`ldi.Sumkalar ichidagi oziq-ovqat maxsulotlari orasiga yashirilgan va jismoniy shaxslar uchun tovarlarni bojsiz olib kirish me`yoridan ortiq bo`lgan umumiy qiymati 26 million so`mlik, 114 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1