1

Yashirilgan tovarlar fosh etildi

Jinoyat 08.06.2019, 14:24
Yashirilgan tovarlar fosh etildi

Bojxonachilar tomonidan yurtimizga tovar moddiy boyliklarni noqonuniy olib kirilishining oldi olinmoqda.

Jumladan,Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan mas`uliyati cheklangan jamiyat nomiga xorijdan temir yo`l konteynerida kelgan yuklar belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.

Natijada, bojxona yuk deklarasiyasida hamda yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilganidan ortiqcha, 32,2 million so`mlik, og`irligi
161 kilogramm bo`lgan hasharotlarga qarshi vositalarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo hamda sellyuloz tolali karton qog`ozi borligi aniqlandi.

Shuningdek, “Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari deklarasiyalovchi shaxs K.A. tomonidan xorijdan mas`uliyati cheklangan jamiyat nomiga kelgan pestisidlarni sepuvchi pulverizator tovari nomibojxona yuk deklarasiyasida to`liqko`rsatilmaganligi ma`lum bo`ldi. Natijada salkam 14 million so`m qo`shimcha bojxona to`lovlari undirildi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1