1

Qochoq ota Toshkent shahridan topildi

Jinoyat 08.06.2019, 22:17
Qochoq ota Toshkent shahridan topildi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Denov tumanlararo sudining 03.02.2004 yildagi sud buyrug`iga asosan R.Bo`ronovdan bir nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun sobiq turmush o`rtog`i M.Hakimova foydasiga aliment undirish belgilangan.

R.Bo`ronov farzandlarining moddiy ta`minoti uchun aliment to`lashdan bo`yin tovlab, yashash manzilidan bedarak chiqib ketganligi uchun unga nisbatan 2019 yil 2 may kuni Majburiy ijro byurosining Denov tuman bo`limi tomondan qidiruv e`lon qilingan. R.Bo`ronov aliment pullarini to`lashni paysalga solib qochib yurganligi sababli, oz emas ko`p emas 17 million 500 so`m qarzdorlik yig`ilib qolgan edi.

Aliment pullarini to`lamasdan qochib ketsam mendan bu qarzdorliklarni undirisha olmaydi qabilidagi fikrlar bilan qochib ketishni lozim topdi. Aliment davriy undiruv bo`lganligi sababli unga ham O`zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish huquqlari vaqtincha cheklangan edi. Byuroning tezkor qidiruvlari natijasida qarzdor ota Toshkent shahridan 03 may kuni qidirib topib keltirilgan. Qarzdor otaga aliment to`lamaslik oqibatlarini tushuntirgandan so`ng, ota o`z farzandining moddiy ta`minoti uchun yig`ilib qolgan aliment pullarini to`liq to`lab berdi.

Agarda qarzdor ota ushbu qarzdorlikni bartaraf etmaganda edi uning ham ahvoli Termiz tumanida iste`qomat qiluvchi H.Tojievnikidek bo`lishi mumkin edi. Aliment to`lamaslik oqibatini tushunib etmagan Hasan Tojievga nisbatan esa ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

H. Tojiev FIB Termiz tumanlararo sudining buyrug`iga asosan 2014 yil 5 avgustdan beri 3 nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun aliment to`lash majburiyati yuklatilgan. Biroq aliment pullarini doim o`z vaqtida to`lamasdan yurganligi sababli qarzdorligi 19 milliondan oshib ketgan edi.

Joriy yilning 4 iyun kuni Byuroning Termiz tuman bo`limi tomonidan to`plangan xujjatlar tegishli tartibda hal qilishlik uchun tuman ma`muriy sudiga yuborilgan va unga nisbatan sud tomonidan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasiga asosan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi belgilandi. Ushbu fuqaro 15 sutka ma`muriy qamoqni o`tab chiqishi aliment qarzini to`lashdan ozod qilinadi degani emas.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1