O`zbekiston mudofaa vaziri tomonidan tasdiqlangan rejaga ko`ra, vazirning o`rinbosari general-mayor Azizbek Ikromov boshchiligida mansabdor shaxslardan iborat guruh 12—14 iyun kunlari Sharqiy harbiy okrugi hududidagi viloyat markazlarida sayyor qabullar o`tkazadi.
Sayyor qabul harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolari xamda harbiy pensionerlarning muammolari, talab, taklif va extiyojlarini o`rganish, ularga amaliy ko`mak berish maqsadida tashkil etilmoqda.
Sayyor qabullar soat 10.00 dan 16.00ga qadar quyida keltirilgan kunlarda o`tkaziladi:
- 12 iyun kuni – Namangan viloyati Namangan shahridagi viloyat Yoshlar markazida;
- 13 iyun kuni – Farg`ona viloyati Farg`ona shaharidagi viloyat Yoshlar markazida;
- 14 iyun kuni – Andijon viloyati Andijon shahridagi viloyat Yoshlar markazida.
Shuningdek, sayyor qabulga viloyatlarning davlat va jamoat tashkilotlari mansabdor shaxslari ham jalb etiladi.
Eslatib o`tamiz, may oyining oxirida mudofaa vazirining o`rinbosari boshchiligida Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida o`tkazilgan sayyor qabul vaqtida salkam 500 ta murojaat ko`rib chiqilib, ularning katta qismi ijobiy hal etilgandi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati






