AsosiyJamiyat

Sayyor uchrashuvlar taraqqiyotga xizmat qiladi

'Sayyor uchrashuvlar taraqqiyotga xizmat qiladi'ning rasmi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasida fuqarolar va tadbirkorlar ishtirokida “Ochiq muloqot” tarzida navbatdagi sayyor uchrashuv bo`lib o`tdi.

Mazkur tadbirda Davlat bojxona qo`mitasi raisi o`rinbosari M.Saliev hamda viloyatning mutasaddi idora va tashkilot mas`ul xodimlari, fuqarolar va tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Tadbirkorlikni yanada rivojlantirish – mamlakatimiz iqtisodiy siyosatining muhim yo`nalishi etib belgilanganligi, o`tgan davr davomida biznes muhitini yaxshilash, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish bo`yicha farmon va qarorlar qabul qilinishi bilan bir qatorda ruxsat beruvchi hujjatlarni olish tartibi sezilarli darajada soddalashtirilganligi, tadbirkorlik sub`ektlarining moliyaviy-xo`jalik faoliyatini tekshirishlar qisqartirilganligi, milliy mahsulotlarimizni xorijga eksport qilishda tadbirkorlarga yanada qulayliklarni yaratish borasida bojxona tizimida ham jadal imkoniyatlar eshigi ochib berilayotganligi M.Saliev tomonidan tadbir ishtirokchilarga etkazildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar faoliyatida yuzaga kelayotgan muammoli masalalar o`rtaga tashlangan holda klarni ijobiy hal etish choralari ko`rildi.

Shu bilan birga bugungi kunda mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish masalasiga katta e`tibor qaratilayotganligi ta`kidlandi. Xususan joriy yilning o`tgan davri mobaynida eksportyorlarni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan bir nechta normativ huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi.

Meva-sabzavot mahsulotlarini eksportini amalga oshirishda bojxona ko`rigi bekor qilindi. Yuridik shaxslarga meva-sabzavot mahsulotlarini 120 kunlik muddatga oldindan to`lovsiz eksport qilish huquqi berilganligi, bundan tashqari Prezidentimizning 2018 yil 1 avgustdagi PF-5495-son Farmonlariga asosan tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda "O`zagroeksport" AJ tomonidan belgilangan narxlaridan past bo`lmagan narxlarda eksport qilish talabi bekor qilinganligi ham tadbirkorlar uchun qulaylik yaratdi.

Uchrashuv davomida Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tadbirkorlarga bojxona sohasida yanada keng imkoniyatlar yaratib berish maqsadida bu kabi tadbirlar muntazam ravishda o`tkazib borilishiga kelishib olindi.

    Boshqa yangiliklar