1

Penzada yuz bergan avtohalokatda halok bo`lgan hamyurtimiz bugun O`zbekistonga olib kelinmoqda

Jamiyat 09.06.2019, 17:14
Penzada yuz bergan avtohalokatda halok bo`lgan hamyurtimiz bugun O`zbekistonga olib kelinmoqda

Mamlakatimizning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma`lumotlarga ko`ra 2019 yil 6 iyun kuni Penza viloyatida yuz bergan avtohalokatdan so`ng halok bo`lgan, 1983 yil 6 sentyabrda tug`ilgan O`zbekiston fuqarosi Sherali Xolnazarovich Patilloevning jasadi marhumning akasi hamrohligida 9 iyun kuni Moskvadan uchadigan aviareysda O`zbekistonga yuboriladi.

Bosh konsulxona O`zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi vakolatxonasi bilan birgalikda konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qildi. Marhumning jasadini Penza viloyatidan Surxondaryo viloyatining Boysun tumanigacha olib kelish bilan bog`liq barcha xarajatlar O`zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi mablag`lari hisobidan qoplanadi.

Eclatib o`tamiz, Rossiyaning Penza viloyatida O`zbekiston fuqarolari ketayotgan mikroavtobus va yuk mashinasi o`rtasidagi to`qnashuv oqibatida bir kishi halok bo`ldi, yana sakkiz inson jarohatlandi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1