1

Ota farzandlarining moddiy ta`minoti uchun 281 million so`m aliment pulini to`ladi

Jinoyat 10.06.2019, 11:11
Ota farzandlarining moddiy ta`minoti uchun 281 million so`m aliment pulini to`ladi

Majburiy ijro byurosining Sherobod tuman bo`limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo`yicha Sherobod tumanlararo sudining 15.02.2016 yildagi buyrug`iga asosan I.Tashmiratovdan voyaga etmagan uch nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.

I.Tashmiratov aliment to`lash majburiyatini bajarmasdan qochib yurganligi sababli unga nisbatan 2018 yil 13 mart kuni Byuro tomonidan qidiruv e`lon qilingan. Joriy yilning aprel oyida Byuroning tuman bo`limi tomonidan qidirib topilgan va ijro harakatlari davom ettirilgan.

I.Tashmiratov sobiq turmush o`rtog`i bilan o`zaro kelishib farzandlarining 18 yoshgacha bo`lgan aliment pullarini ya`ni 281 million 537 ming so`mni to`liq to`lab berdi. Shuningdek, I.Tashmiratovga nisbatan qo`yilgan cheklovlar Majburiy ijro byurosi tomonidan olib tashlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1