1

Bojxonachilar 18 dona qadimiy tangalarni to`xtatib qolishdi

Jinoyat 10.06.2019, 16:01
Bojxonachilar 18 dona qadimiy tangalarni to`xtatib qolishdi

Bojxona xodimlari madaniy boyliklarni yurtimiz hududidan noqonuniy olib chiqilishi bilan bog`liq navbatdagi qonunbuzilish holatiga chek qo`yishdi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Qoraqalpog`iston” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari “Qoraqalpog`iston” temir yo`l stansiyasida xorijga ketayotgan yo`lovchi poezdini bojxona ko`rigidan o`tkazishdi.

Natijada, ushbu poezd yo`lovchisi fuqaro A. A tomonidan mamlakatimiz hududidan noqonuniy tarzda olib chiqilayotgan, 18 dona qadimiy tangalar to`xtatib qolindi.

Ta`kidlash lozimki, mazkur tangalarni faqat bittasi 100 yil ilgari zarb etilgan bo`lsa, qolganlarini qadimiyligi 2-2,5 asrdan oshgan. Shuningdek qadimiy tangalarning biri eski arab yozuvida va ikkinchisi esa eski xitoy yozuvida zarb qilinganligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1