1

Jurnalistlar O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti faoliyati bilan tanishdilar

Jamiyat 10.06.2019, 21:02
Jurnalistlar O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti faoliyati bilan tanishdilar

Joriy yilning 10 iyun kuni O`zbekistonning etakchi OAV vakillari uchun O`zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga press-tur tashkil etildi.

Unda «O`zatom» agentligi, «Rosatom» davlat korporasiyasi va O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbirni tashkil etishdan maqsad 1956 yildan buyon faoliyat ko`rsatib kelayotgan O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti haqida, shuningdek O`zbekistonning yadro texnologiyalari sohasidagi tajribasi va ilmiy maktabi haqida jurnalistlarga ma`lumot berish edi.

Press-tur ishtirokchilari institut hududida joylashgan VVR-SM yadro tadqiqoti reaktori bilan tanishdilar. Reaktor 1959 yilning sentyabr oyida ishga tushirilgan. Avvaliga uning quvvati 2 MVt ni tashkil etgan bo`lsa, keyinchalik 10 MVt ga etkazilgan. Joriy yilda reaktor ishga tushirilganiga 60 yil to`ladi.

O`zbekistondagi tadqiqot reaktori keng qamrovli, jumladan, yadro fizikasi sohasida fundamental tadqiqotlar, neytron fizikasi, moddalar tuzilishi, qattiq jismlar fizikasi, materialshunoslik, tibbiyot izotoplarini o`rganish kabi masalalarni hal etishda foydalaniladi. Qayd etish kerakki, oxirgi yillarda amaliy ishlanmalar jadallik bilan olib borilyapti va ishlab chiqarishga tatbiq etilyapti.

Jurnalistlar shuningdek, 1976 yilda tashkil etilgan «Radiopreparat» davlat korxonasi faoliyati bilan tanishdilar. Korxona tibbiyot, biotexnologiyalar, qishloq xo`jaligi va boshqa sohalar uchun radionuklidlar; onkologiya, kardiologiya va endokrin kasalliklar; infeksiya kasalliklari diagnostikasi uchun test-tizimi radiofarmasiya preparatlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Tibbiyot va ilmiy maqsadlar uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 60 turdan ziyodni tashkil etadi. Aksariyat ishlanmalar noyob bo`lib, mualliflik huquqi va patentlar bilan himoyalangan.

OAV xodimlariga «Radiopreparat» DK mutaxassislari bilan suhbatlashish imkoniyati yaratildi. Bundan tashqari, jurnalistlar O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo`ldoshevdan intervyu oldilar.

Qayd etish kerakki, institut mutaxassislari tomonidan yadro fizikasi va radiasion texnologiyalar sohasida to`plangan tajribalardan mamlakatda qurilayotgan birinchi AES loyihasini amalga oshirishda foydalaniladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1