1

Toshkentda yirik mintaqaviy forum o`tkazilmoqda

Jamiyat 11.06.2019, 10:31
Toshkentda yirik mintaqaviy forum o`tkazilmoqda

12-14 iyun kunlari Toshkent shahrida MOMKA (Markaziy Osiyo-Mo`g`uliston-Kavkaz-Afg`oniston) mamlakatlarining 6-forumi o`tkaziladi.Mazkur anjuman Ramsfeld Fondi (AQSh), Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti (AQSh) hamda MOMKA tarmog`i a`zolari tashabbusi bilan o`tkaziladi.

Mazkur tadbirda 20 dan ortiq mamlakatdan 300 dan ziyod qatnashchilar taklif etilgan. Forumda turli sohalarning etuk mutaxassislari va rahbarlari, xususan, bosh direktorlar, elchilar, vazirlar, vakillar,direktorlar kengashi a`zolari, o`z ishini tashkil qilgan yirik tadbirkorlar, kompaniyalar rahbarlari, ilmiyjamoatchilik orasida katta nufuzga ega bo`lgan dekan va professorlar ishtirok etishadi.

O`zbekistonda o`tayotgan forum«MOMKA mintaqasi: mushtarak manfaatlar – mushtarak intilishlar» mavzusiga bag`ishlangan. Forum xalqaro savdo aloqalari, transportva tranzit yo`laklari, mintaqada biznes yuritish va sarmoya kiritish bo`yicha mavjud imkoniyatlar, geosiyosiy va iqtisodiy jarayonlar, tadbirkorlik va innovasiyalavrni rivojlantirish, inson kapitali va ta`limni rivojlantirish tashabbuslari singari mavzularga bag`ishlangan yalpi majlislar, ma`ruzalar, bahs-munozaralarni o`z ichiga oladi.

MOMKA mintaqaviy forumi Katta Markaziy Osiyo mintaqasida (Afg`oniston, Armaniston, Gruziya, Mo`g`uliston, Ozarboyjon, Tojikiston, Turkmaniston, O`zbekiston, Qirg`iziston, Qozog`iston) hududiy o`sish va rivojlanish muammolarini muhokama qilishda hamkorlik maqsadlariga asoslangan nosiyosiy va beg`araz platformavazifasini bajaradi.

Foruda mazkur maqsadlarga erishish uchun mintaqaning 10 davlatida turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yosh rahbarlar, shuningdek xalqaro etakchilar va bu jarayondagi manfaatdor tashkilotlar o`rtasida o`zarohamkorlik va muloqotni rivojlantirishni ko`zda tutadi.

Birinchi va o`z xususiyatiga ko`ra yagona platforma sifatida tashkil qilingan forum mintaqaviy hamkorlik va intergarsiyani muhokama qilish maqsadida Janubiy Kavkazdan Mo`g`ulistonga qadar bo`lgan hududda MOMKA vakillarini birlashtiradi. Ishtirokchilar soni va mavzular xilma-xilligiga ko`ra, forum o`z kasbining etuk vakillari, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi hamkorlik va sherikchilik masalalariga qiziquvchilar, o`z faoliyat doirasini kengaytirishni istagantadbirkorlar va tashkilotlar uchun yagona maydon bo`ylib xizmat qiladi.

Mazkur forum ishida Laffer Associates asosichisi, doktor Artur Laffer, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisining o`rinbosari, sobiq tashqi ishlar vaziri va elchiSodiq Safoev, Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti direktori Frederik Starr, ETTB xalqaro maslahatchisi va Gruziyaning sobiq bosh vaziri Giorgi Kvirikashvili, Tojikistonning sobiq tashqi ishlar vaziri Hamroxon Zarifiy va boshqalar spikerlik qiladilar.

Qayd etish lozimki, 2014 yildan beri mazkur forumda jami 150 dan ortiq yirik kompaniya vakillari ishtirok etishgan. Shundan100 dan ortig`i mintaqadagi, 30 dan ko`prog`i Amerika va Evropa, shuningdek Avstraliya, BAA, Isroil, Yaponiya, Keniya, Filippin, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Vetnam singari qator davlatlarga tegishli bo`lgankompaniyalar vakillaridir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1