1

Korea Telecom O`zbekistonning 2766ta maktabini zamonaviy kompyuter bilan ta`minlaydi

Jamiyat 11.06.2019, 14:26
Korea Telecom O`zbekistonning 2766ta maktabini zamonaviy kompyuter bilan ta`minlaydi

Xalq ta`limi vazirligi Axborot xizmati ma`lum qilishicha, Janubiy Koreyaning Korea Telecom (KT) kompaniyasi 2766ta umumiy o`rta ta`lim maktabi sinflariga jami 2859ta o`quv-kompyuter etkazib, o`rnatib beradi.

Prezidentimizning 5ta muhim tashabbusini amalga oshirish maqsadida Xalq ta`limi vazirligi tomonidan mamlakatimizning umumta`lim maktablarida 2859ta o`quv-kompyuter sinflari tashkil etilishi belgilandi.

Joriy yilning 7 iyun kuni Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov va KT kompaniyasi Prezidenti Yu Eng Park yurtimizda o`quv-kompyuter sinflarini tashkil etish bo`yicha shartnomani imzoladi.

Janubiy Koreyaning KT kompaniyasi “Maktab ta`limida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” loyihasi bo`yicha o`tkazilgan tenderda g`olib bo`ldi. Loyiha Koreya Respublikasining Eksport-import banki (Eksimbank) ajratgan $33 mln. kredit hisobiga moliyalashtiriladi.

FormatFactorykt_0094.jpg

Loyiha doirasida KT kompaniyasi 2766 ta umumiy o`rta ta`lim maktablari sinflariga jami 2859 ta o`quv-kompyuter etkazib, o`rnatib beradi. 2019 yil oxiriga qadar o`quv-kompyuterlar 700 ga yaqin maktablarga etkazib berilishi kutilmoqda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ijtimoiy, ma`naviy-ma`rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo`lga qo`yish bo`yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Ushbu tashabbusning uchinchisi aholi va yoshlar o`rtasida kompyuter texnologiyalari hamda internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov Janubiy Koreya O`zbekistonning ishonchli hamkorlaridan biri ekanligini, shuningdek, loyiha birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirilishini aytib o`tdi.

Mazkur loyiha maktab o`quvchilarining kompyuter savodxonligini oshirishga yordam berishini hamda O`zbekistonda axborot texnologiyalari xizmatlarini rivojlantirish mamlakat uchun ustuvor yo`nalishlardan biridir, deya ta`kidladi vazir.

Shu munosabat bilan Xalq ta`limi vazirligi o`quv dasturi, jumladan, axborot texnologiyalarini o`qitish bo`yicha dasturlarni qayta ko`rib chiqmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1